Vyetnam musiqasi

Vyetnam musiqa asboblari

Vyetnam musiqasi xilma-xil va sinkretik yaʼni mamlakatning etnik xilma-xilligi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan. U mahalliy oʻziga xosliklarni ifodalashi bilan birga ayrim xorijiy xususiyatlarni ham uygʻunlashtirgan. Vyetnam musiqasi oʻzining uzoq yillik tarixi davomida asosan Xitoy musiqa anʼanalaridan, shuningdek, Koreya, Moʻgʻuliston va Yaponiya [1] musiqasi taʼsirida sayqal topgan. Qolaversa, Vyetnam musiqasiga qadimgi Hindixitoy qirolligi — Champa (Tyampa) taʼsir koʻrsatgan. Chunki Vyetnam hukmdorlari Champa (Tyampa) ohanglarini tinglashni yaxshi koʻrardi. Qoʻshni davlatlar sanʼati taʼsiriga qaramay, Vyetnam musiqasining asosini xalq musiqasi tashkil qiladi.

Vyetnam musiqasining hududlarga koʻra boʻlinishi shimoliy, markaziy va janubiy, davriy boʻlinishi esa toʻrt davrga ajratiladi: X-XIV asrlar, XV-XVIII asrlar, XIX — XX asrning birinchi yarmi va 1945 yildan[2] hozirgi davrimizgacha.

  1. Britannica 2008.
  2. AllMusic.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search